O`zbekiston termasining JCh–2018 saralashidagi ilk raqibi Suriya Toshkentga etib keldi

11:37, 29 avgust

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 turniriga  3-saralash bosqichi 1-turidagi raqibi Suriya termasi Toshkentga etib keldi.

Tungi soat 01:00 da suriyaliklarning poytaxtga tashrif buyurgani ma`lum qilindi.  

O`zbekiston va Suriya termalari ishtirokidagi bellashuv 1 sentyabr kuni «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv 20:00 da start oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!