Selfi ayollarning o`ziga nisbatan ishonchini oshirishi aniqlandi

12:02, 29 avgust

O`tkazilgan so`rovnoma natijasida selfiga bosilgan layklar ayolning o`ziga nisbatan ishonchini oshirishi aniqlandi, deb xabar berdi “Health.mail.ru” nashri.

Go`zallik va uning dunyo miqyosidagi o`rnini belgilash uchun o`tkazilgan tadqiqotda 11.000 nafar ayol, shulardan 1000 nafar rossiyalik ayollar qatnashgan. Bundan tashqari, so`rovnomada Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va AQShlik ayollar ham ishtirok etgan.

Ishtirokchilar ayol go`zalligi uning amal pillapoyalaridan yuqorilishida katta yordam berishini ta`kidlashgan. So`rovnoma qatnashchilarining 9 % o`z go`zalligiga ishongan bo`lsa, ularning 80 % go`zallikning muayyan o`lchovi yo`qligini ta`kidlagan.  

Bugungi kunga kelib go`zallikni qabul qilish ijtimoiy medialarning rivojlanishi bilan chambarchas bog`langan. So`rovnomada qatnashgan rossiyalik ayollarning 52 % selfiga tushishni yoqtirishni, ularning 65 % selfiga bosilgan layklardan so`ng o`ziga nisbatan ishonchi ortishini bildirgan. 

Ishtirokchilarning 18 % selfi natijasidan ko`ngli to`lmasa, fotosuratlarni olib tashlashini, 24 % tashqi go`zalligi haqida boshqalarning fikrini bilishni istashini ma`lum qilgan.

Kim uchun va nima uchun go`zal bo`lishga intilishlari haqida berilgan savolga ayollarning 43 % o`zlari uchun, 27 % juftiga go`zal ko`rinish uchun, 65 % esa hamkasblarining oldida chiroyli ko`rinish uchun harakat qilishini ma`lum qilgan. 

Xalqaro go`zallik tadqiqotida dunyoning 11 mamlakatidan, shu jumladan rossiyalik ayollar ham qatnashgan.

“Go`zallik indeksi” so`rovnomasi natijasida 75 % rossiyalik ayol o`zini go`zal deb hisoblashi aniqlandi. Ular Hindiston (94%) va Turkiyadan (89%) keyin uchinchi o`rinni egallashdi. Buyuk Britaniya (26%) va Fransiya (40%) ayollarining go`zallik borasida o`zlariga nisbatan ishonchlari past ekanligi ma`lum bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!