YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan Vadi as-Salom qabristoni

12:35, 29 avgust

Vadi as-Salom — nafaqat Iroqda, balki butun Er yuzidagi eng katta qabristondir, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri. 

Bu qabriston tashkil bo`lganiga 1,4 ming yildan ziyod vaqt o`tgan. Bu erga millionlab shia mahzabiga mansub musulmonlar dafn etilishni orzu qiladi. Vadi as-Salom qabristoniga ilk imom, Muhammad payg`ambarning kuyovi Ali dafn etilgan. Imom al-Mahdiy maqbarasi qabristonning eng diqqatga sazovor joyidir. Afsonalarga ko`ra, bu ulkan qabristonda turli g`aroyibotlar yuz beradi: ertami-kechmi dunyoda adolat o`rnatadigan Yashirin Imom odamlarning ko`ziga ko`rinar ekan. Yiliga bu ulkan qabristonga 13 yildan beri davom etayotgan urush qurbonlari — askarlar, tinch aholi dafn etiladi. Qabriston maydoni muntazam kengaytirib boriladi. Hozirda u 600 gektar maydonni egallagan. Iroq va Eronda yashovchi minglab shia mahzabiga mansub musulmonlar Vadi as-Salom qabristoniga qarindoshlarining qabrini ziyorat qilish uchun tashrif buyurishadi. 

Vadi as-Salom qabristoni YuNESKO xalqaro merosi ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan. 2003 yilda AQSh Iroqqa bostirib kirgan vaqtda bu qabristonga kuniga 250 nafar jasad dafn etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!