Erkaklar haqida 9 haqiqat

13:22, 29 avgust

Erkaklar  ayollardan qaysi xislatlari bilan farq qiladi? Ularning faqat o`ziga xos xususiyatlari nimada? Mana shu kabi savollarga quyida javob topasiz. 

1.  Erkaklar ayollardan ko`ra tezroq sevib qoladi. Ularni chiroy bilan ham mahv etish mumkin.

2. Erkaklar ayollardan ko`ra o`rtacha 8 yil kam umr ko`rishadi, shu bilan birga sog`lig`i haqida qayg`urishni yomon ko`radi. Ularning tasavvurida salomatligidan nolib, shifokorga yugurish erkaklarga yarashmaydi. Salomatligi haqida qayg`urish “vazifa”sini ayollarga “yuklashadi”.

3. Ayollar erkaklarga nisbatan ruhan va jismonan chidamliroq. Chunki ayollar organizmida himoya kuchlari baquvvatroq va ruhiyati tinimsiz moslashuvlarga ko`nikuvchan.

4. Erkaklarning terisi qalinroq. Shuning uchun ularning yuziga tez ajin tushmaydi va tengqur ayollarga nisbatan yosh ko`rinadi.

5.Erkaklar ayollardan ko`ra boshqacha fikrlaydi. Ulardagi miya yarim sharlarining ikki palalsi birdek ishlay olmaydi. Ayollarda esa baravar ishlaydi. Shuning uchun ayollar bir vaqtning o`zida bir necha ishni bajara olishadi.

6. Erkaklarning barchasi ko`nglida yosh bola.

7. Barcha uylangan erkaklar merosxo`rlari bo`lishini xohlaydi. Lekin tan olmasa-da, bolalaridan umr yo`ldoshini qizg`onadi.

8. Erkaklarning zafar qozonish istagi tark etmaydi: mansab, boylik ular uchun 1-o`rinda. Inqirozga uchrash, mavqeini yo`qotish ular uchun katta fojea.

9. Boshqa ayollarga qarash ularning tabiatiga xos. Hatto yaxshi ota, yaxshi turmush o`rtoq bo`lganda ham. Ba`zan munosabatlarni uzgandan ko`ra, havasli xiyonatni kechirgan ma`qul.

Manba: Maslahatim.uz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!