Peterburg yaqinida paraplanchi yigit 400 metr balandlikdan yiqilib, omon qoldi

14:53, 29 avgust

Rossiyaning Leningrad viloyatida paraplanchi yigit 400 metr balandlikdan yiqilib, omon qoldi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri.

Yakshanba kuni kechqurun polisiyaga kasalxonadan telefonogramma kelib tushgan. Modolisi qishlog`ida paraplanda uchayotgan 1986 yilda tug`ilgan yigit 400 metr balandlikdan yiqilib, bosh-miya shikastini olgan. Ayni vaqtda kasalxonada davolanmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, yigit paraplanda uchayotganda boshqaruvni yo`qotgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!