Rossiyada bo`yinbog`iga qimmatbaho taqinchoqlar yashirilgan it yo`qoldi

17:15, 29 avgust

Krasnodar o`lkasining Eysk shahrida dam olishga kelgan sayyoh ayol bo`yinbog`iga qimmatbaho taqinchoqlar solingan xaltacha bekitilgan itini yo`qotib qo`ydi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Ayol qimmatbaho taqinchoqlarni yo`qotib qo`yishdan qo`rqib, uni itining bo`yinbog`iga yashirgan. Xarkovlik Elena ismli ayol Eysk shahriga ikki farzandi va Juliya laqabli iti bilan dam olishga kelgan. U farzandlari bilan cho`milayotgan vaqtida  itiga qimmatbaho buyumlarni qo`riqlash vazifasini yuklagan. Suvda taqinchoqlarni yo`qotib qo`yishdan qo`rqqan ayol, ularni xaltachaga solib, itning bo`yinbog`iga bog`lab qo`ygan. 

Uyga qaytishdan oldin Elena to`ylari munosabati bilan turmush o`rtog`i sovg`a qilgan olmos ko`zli tilla uzugini, yurakchali, olmos bilan bezatilgan zanjirini ham itiga ishonib topshirgan. Har doim egasini qirg`oqda kutadigan it, aynan barcha qimmatbaho taqinchoqlar topshirilgan kuni yo`qolib qolgan.

Elenaning aytishicha, itning bo`yinbog`ida 1 million rubldan ortiq qimmatbaho taqinchoqlar bo`lgan. Hozirda u tilla buyumlar uchun emas, balki itining yo`qolganidan xavotirda ekanligini bildirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!