O`zbekiston milliy terma jamoasining Suriya va Qatarga qarshi tarkibini e`lon qilindi

08:14, 30 avgust

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv uchun tarkibni ma`lum qildi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

O`zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni saralshning uchinchi bosqichi dastlabki o`yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o`yin o`tkazadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Suriya va Qatarga qarshi o`yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog`iston).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!