“Salom yangi hayot”. Sevinch Mo`minova internet bilan xayrlashdi

10:36, 30 avgust

Xonanda Sevinch Mo`minova internetdan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

“Aziz muxlislarim, mehribonlarim, sizlar bilan Instagram`dan xayrlashaman, bugun oxirgi kirishim. Sizlar bilan yaxshi kunlarda ko`rishamiz. Unutmang, sizni yaxshi ko`raman! Xayr, Instagram,xayr internet! Salom yangi hayot!”,— deb yozib qoldirdi xonanda o`zining shaxsiy sahifasida. 

Xonanda nima sababdan internetdan va Instagram`dan foydalanmaslikka qaror qilganiga oydinlik kiritmagan. 

Sevinchning muxlislari xonandaning bu qarorini qo`llab-quvvatlagan. 

“To`g`ri qilasiz internetga kamroq vaqt ajratsangiz,  ko`proq vaqtingizni qizingiz bilan o`tkazasiz”,— deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!