O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg`izistonga hamdardlik bildirdi

10:41, 30 avgust

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan 29 avgust kuni Toshkentdagi Qirg`iziston elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Dushanba kuni Qirg`izistonda 27 avgust kuni Moskva shahridagi yong`in va Bishkek-O`sh avtomobil yo`lida yo`l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo`lgan Qirg`iziston fuqarolari xotirasiga motam kuni deb e`lon qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!