Bishkekda xudkush-terrorchi Xitoy elchixonasini portlatdi

12:14, 30 avgust

Xudkush-terrorchi Bishkekdagi Xitoy elchixonasi darvozasini mashina bilan urib, voqea joyida halok bo`ldi, Qirg`iziston fuqarosi bo`lgan elchixonaning uch nafar xodimi yaralandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Mamlakat bosh vaziri Jenish Razakovning ma`lumot berishicha, terrorchi Mitsubishi Delica rusumli avtomashinani boshqargan. Ilgari portlash oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, ikki kishi yaralandi deb xabar berilgandi. Voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda. Tuman milisiya xodimlari tomonidan o`rab olingan.

Huquq-tartibot idorasi xodimlari hozircha terrorchi-xudkushning shaxsini aniqlamagan. Portlash yuz bergan joyda tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!