Toshkentning 12 ta maskanida bayram tadbirlari bo`lib o`tadi

14:08, 30 avgust

1 sentyabr kuni Toshkentning 12 ta maskanida O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan bayram tadbirlari va xalq sayillari bo`lib o`tadi. Bayram tadbirlari 11:00 dan 18:00 ga qadar bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bayram tadbirlari bo`lib o`tadigan joylar ro`yxati
•  Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy bog`i;
•  Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog`i;
•  Bobur nomidagi istirohat bog`i;
•  Mirzo Ulug`bek nomidagi istirohat bog`i;
•  Furqat nomidagi istirohat bog`i;
•  G`afur G`ulom nomidagi istirohat bog`i;
•  Toshkent hayvonot bog`i qarshisidagi maydon;
•  Davlat sirki qarshisidagi maydon;
•  Mudofaa vazirligi Ma`naviyat ma`rifat markazi qarshisidagi maydon;
•  «Baxt diyor» guzari qarshisidagi maydon;
•  «Lokomotiv» istirohat bog`i;
•  «Quyoshcha nuri» istirohat bog`i.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!