Shohruhxon tasavvuridagi oilasining suratini chizdi(Foto)

14:39, 30 avgust

Xonanda Shohruhxon “Milliy” telekanali orqali namoyish etiladigan ko`rsatuvda ishtirok etdi. 

Ko`rsatuvda psixolog xonandadan tasavvuridagi oilasining suratini chizishni so`radi. Shohruhxon o`zini onasi va rafiqasining o`rtasida tasvirladi. U, shuningdek suratda ikki nafar farzandlarini ham aks ettirdi. 

Xonandaning ma`lum qilishicha, ushbu ko`rsatuv 6 sentyabr kuni efirga uzatiladi. Mazkur surat qanday ma`noni anglatishini esa ko`rsatuv orqali bilib olish mumkin.

Avvalroq, Shohruhxon o`rtasidan bo`lingan yurak rasmini Instagram`ga joylab, muxlislarini xavotirga qo`ygan edi. Keyinroq, xonandaning ma`muri bu suratni yangi qo`shiqning piari deya izohlagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!