Tashqi ishlar vazirligining bir guruh xodimlariga “O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlari topshirildi

14:52, 30 avgust

30 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlikning bir guruh xodimlariga “O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini topshirdi.

Qisqa taqdirlash marosimidan keyin mukofatlanganlar o`z xizmatlarini yuqori baholanganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi va tez kunda sog`ayib ketishlarini tilashdi, deya xabar beradi Uz24 nashri vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!