18 yoshli talaba o`zining buvasi bilan bir kollejda tahsil olmoqda

16:24, 30 avgust

Texaslik Melani Salazar va uning buvasi Rene Neyraning tarixi bir necha kunda deyarli barcha dunyo OAVlarida chop etildi: 18 yoshli qiz va 82 yoshli erkak bir kollejning talablari.

«Palo Alto kollejida o`qishni boshlagan buvam bilan faxrlanaman! U 82 yoshda – va hali hamon kuchga to`la», – deb yozadi o`z Twitter saxifasida Melani.

Metro gazetasining yozishicha, Rene kollejda yoshligida taxsil olgan, lekin uni tugatmagan: to`ydan keyin kollejdan ketib, oila boqishga majbur bo`lgan. Butun umr davomida Melani tahsil olishdan to`xtamadi – turli kurslarga qatnadi. Kollej diplomini olishga esa rafiqasining o`limidan so`ng qaror qildi.

Melanining so`zlariga ko`ra, ma`ruzalarga buvasi bilan qatnash uni hayotda ta`lim olish qanchalik muxim ekanligini anglashga yordam berib, ilm olishga yanada ruhlantiradi.

Melani va uning buvasi haqida yozilgan ma`lumotlar ta`lim olishni tashlagan ko`pgina yoshlarni qayta ta`lim olishga chorladi.

Rene keyingi semestrda kollejni tugatadi, u erdan so`ng esa u universitetga o`qishga kirmoqchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!