Rasman! “Barselona” Pako Alkaserni o`z safiga qo`shib oldi

10:09, 31 avgust

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Valensiya” klubidan 23 yoshli hujumchi Pako Alkaserni sotib oldi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e`lon qilindi.

Kataloniyaliklar rasmiy saytida keltirilgan ma`lumotga ko`ra, “Barselona” Alkaserning transferi uchun 30 million evro hamda 2 million evro bonus sifatida to`lagan.

Tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekkani ham ma`lum qilindi. E`tiborli jihati shundaki, Pako Alkaser tug`ilgan kunida “Barselona” futbolchisiga aylandi. 30 avgust kuni tavallud topgan futbolchi kecha 23 yoshga to`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!