Shri-Lankalik o`smir prezident saytini buzib kirib, bitiruv imtihonlari ko`chirilishini talab qildi

10:52, 31 avgust

Shri-Lankalik 17 yoshli o`smir prezidenti saytini buzib kirib, bitiruv imtihonlarini boshqa kunga ko`chirishga da`vat etgani uchun hibsga olindi, deb xabar beradi “Tjournal” nashri. 

O`smir bitiruv imtihonlari Yangi yil bayramiga to`g`ri kelayotgani uchun ularni boshqa kunga ko`chirishni talab qilgan.

Mahalliy polisiyachilar xakerlik hujumi Kadugannava shahridan turib amalga oshirilganini aniqlagan. Aniqlangan joyga etib kelgan polisiyachilar prezident saytini buzib kirgan 17 yoshli o`smirni qo`lga olishgan. 

Ismi oshkor etilmayotgan o`smir mamlakat prezidenti saytining bosh sahifasini imtihon kunlari ko`chirishga da`vat bilan to`ldirgan. Mamlakat qonunlariga ko`ra, o`smir bu qilmishi uchun 2000 AQSh dollari miqdoridagi jarima to`laydi yoki uch yilga qamaladi. 

Oradan biroz vaqt o`tgach, prezident sayti qayta ishga tushirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!