O`zbekiston futzal terma jamoasi Portugaliyaning Portu shahriga etib bordi

11:26, 31 avgust

Shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo`lib o`tadigan futzal bo`yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig`inini o`tkazish uchun Portugaliyaning Portu shahriga etib bordi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Eronning Mashhad shahrida o`quv-mashg`ulotini o`tagan futzalchilarimiz kecha, 30 avgust kuni Mashhad – Istanbul – Portu yo`nalishida parvoz qilib, manzilga etib keldi.

Portugaliyadagi yig`i doirasida O`zbekiston futzal terma jamoasi ikkita o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi. Ushbu uchrashuvlar bilan quyida tanishing.

1 sentyabr. Portugaliya – O`zbekiston 18:00 (22:00 – Toshkent vaqti bilan);

2 sentyabr. O`zbekiston – Ispaniya 18:00 (22:00 – Toshkent vaqti bilan).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!