O`zbekistonga xorijiy valyutani olib kirish va mamlakatdan olib chiqish uchun bojxona guvohnomasi bekor qilindi

12:03, 31 avgust

Markaziy bank va Davlat bojxona qo`mitasi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish hamda mamlakatdan olib chiqish tartibiga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda

Hozirda O`zbekiston hududiga barcha toifadagi shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyuta olib kirilishiga cheklov yo`q, buning uchun faqat yozma deklarasiya to`ldiriladi. 5 ming AQSh dollari yoki uning ekvivalentidagi boshqa xorijiy valyuta majburiy tariqada bojxona deklarasiyasi bilan o`tkaziladi. Ushbu summadan yuqori valyutani olib kirish uchun esa bojxona idoralari tomonidan TS-28 shaklidagi guvohnoma taqdim etilgach ruxsat beriladi. 

Kiritilgan o`zgarishlar tufayli mazkur cheklov va TS-28 shakli bekor qilinadi. Ya`ni, O`zbekistonga xorijiy valyutani olib kirishda deklarasiya to`ldirish tartibi saqlab qolinadi, lekin TS-28 shakli taqdim etilmaydi. Ushbu o`zgarishlar xorijiy valyutaning mamlakatdan olib chiqilishiga ham taalluqli.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!