Sobiq harbiy prokuror Bosh prokuratura qoshidagi departamentga rahbar etib tayinlandi

12:19, 31 avgust

Shuxrat Uzoqov O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda

26 avgust kuni Prezident Islom Karimov bu haqdagi farmonga imzo chekdi.

Shu munosabat bilan Shuxrat Uzoqov egallab turgan O`zbekiston Bosh prokurorining o`rinbosari — O`zbekiston Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Bunga qadar ko`rsatib o`tilgan departament boshlig`i lavozimida Bahodir Zilyaev faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!