AQShlik xonanda Kris Braun hibsga olindi

12:33, 31 avgust

AQShning Los-Anjeles shtatida taniqli xonanda Kris Braun polisiya tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. Kris Braun o`qotar quroldan foydalanganlikda gumonlanmoqda. 

Qutqaruv xizmatiga notanish ayol qo`ng`iroq qilib, Braun unga nisbatan qo`pollik qilgani va qurol o`qtalganini ma`lum qilgan. Shundan so`ng, polisiya Braunning Los-Anjelesdagi uyini o`rab olib, tintuv o`tkazdi. 

“ U qotillik va o`g`rilik bo`limiga olib boriladi va hibsga olinadi”, —dedi polisiyachilardan biri.

Hodisaning boshqa tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. 

Kris Braunning o`zi esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hech qanday qonunbuzarlik sodir etmaganini ta`kidlamoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!