Sevara Nazarxon Rio-2016 qahramonlari bilan selfi tushdi(Foto)

12:56, 31 avgust

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon Andijon viloyatida o`tkazilayotgan mustaqilligimizning 25 yilligi bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. 

Xonanda Rio-2016 qahramonlari Ruslan Nuriddinov va Xasanboy Do`stmatov bilan tushgan selfisini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. “Bizning chempionlar kamtar, yosh va kuchli”, deya izohladi xonanda suratni. 

Shu o`rinda Ruslan Nuriddinov ham o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Sevara Nazarxonga minnatdorchilik bildirdi. "Orzular ushaladi. Rahmat sizga, Sevara opa", deb yozdi Ruslan o`zining Instagram`dagi sahifasida. 

Shuningdek, Sevara barchani mustaqilligimizning 25 yilligi bilan muborakbod etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!