Moskvada qutqaruvchilar tibbiyot xodimlariga 150 kilogrammli erkakni kasalxonaga olib borishda yordam berdi

16:11, 31 avgust

Moskvalik tibbiyot xodimlari 150 kilogrammlik bemorni kasalxonaga olib borish uchun qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Nashrning ma`lum qilishicha, 150 kilogrammlik erkakni kasalxonaga olib borishning iloji bo`lmagandan, ular yordamga qutqaruvchilarni chaqirishga majbur bo`lishdi. Tibbiyot xodimlarining erkakni “Tez yordam” mashinasi oldiga olib borishga kuchlari etmadi. Ular FVB ga qo`ng`iroq qilib, qutqaruvchilarni chaqirgan.

Bemorning ahvoli va tibbiyot xodimlariga nima uchun murojaat qilgani haqida ma`lumot berilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!