OAV: Kim Chen In partiya majlisida uxlab qolgan amaldorni qatl ettirdi

16:41, 31 avgust

Shimoliy Koreyada ikki nafar yuqori martabali mansabdorlar ommaviy ravishda qatl etildi. Ulardan biri qishloq xo`jaligi vaziri, ikkinchisi esa ta`lim vazirligida yuqori lavozimlardan birida faoliyat yuritar edi. Bu haqda “Tjournal” nashri xabar bermoqda. 
Amaldorlardan biri Kim Chen In nutq so`zlayotgan majlisda uxlab qolgani paytida otib tashlangan. 
Sobiq qishloq xo`jaligi vaziri Xvan Min esa omma oldida otib tashlangan. U qishloq xo`jaligi vaziri lavozimida ishlagan paytida mamlakat prezidenti Kim Chen Inning ko`rsatmalariga zid ravishdagi qarorlar chiqargan. 
Uni mahalliy harbiy akademiya binosida otib tashlashgan. Ikkinchi amaldor esa mamlakat rahbari ishtirok etgan majlisda uxlab qolgani uchun hibsga olingan va qatl etildi. 
Shimoliy Koreyada amaldorlarni ommaviy ravishda qatl etish birinchi marta kuzatilayotgan hol emas. 2015 yilda ham hukumat majlisida uxlab qolgan mudofaa vaziri ham otib o`ldirilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!