Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadalievga ikki xonali uy tortiq qilindi

18:10, 31 avgust

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida bronza medalini qo`lga kiritgan Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi Murodjon Ahmadalievga viloyat markazidagi ikki xonali uy tortiq qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” Namangan viloyat hokimligi saytiga tayanib xabar qildi.

Viloyat hokimligida Olimpiya sovrindori g`alabasiga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda sportchiga Namangan shahrining Boburshoh ko`chasida barpo etilayotgan ko`pqavatli uydan ikki xonali xonadon kaliti berildi.

Eslatib o`tamiz, Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida 13 nafar o`zbekistonlik sovrindor bo`ldi. Ular tomonidan 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medali qo`lga kiritilib, mamlakatning Olimpiya o`yinlaridagi eng yaxshi natijasi qayd etildi. Umumiy natijaga ko`ra O`zbekiston 21- o`rinni band etgan bo`lsa, boks bo`yicha jahonda birinchi pog`onani egalladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!