FIFA prezidenti qancha maosh olishi ma`lum qilindi

16:46, 01 sentabr

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoning yillik maoshi qancha ekani ma`lum bo`ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e`lon qilingan, deb xabar bermoqda Sports Illustrated.

Shveysariyalik mutasaddi yiliga 1,5 million shveysar franki (taxminan 2 mln dollar) miqdorida maosh oladi. Shuningdek, Infantino FIFA tomonidan xizmat mashinasi va uy-joy bilan bepul ta`minlanadi. FIFA bosh kotibi, senegallik Fatma Samura esa yiliga 1,32 mln dollar maosh olishi ham ma`lum qilingan.

Qayd etish kerakki, Janni Infantinoning yillik maoshi FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatternikidan kamroq. Blatter o`z paytida yiliga 3 million dollar olgan maosh olgan. Tashkilotning sobiq bosh kotibi Jerom Valke esa yiliga 2 million dollar maosh olgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!