JCh–2018 saralashi. O`zbekiston termasi Suriyani kichik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

21:57, 01 sentabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichini kichik g`alaba bilan boshladi.

“Bunyodkor” stadionida kechgan o`yinda O`zbekiston terma jamoasi Suriyani 1:0 hisobida uchratdi. O`yindagi yagona golga 73 daqiqada Aleksandr Geynrix mualliflik qildi.

O`zbekiston termasi navbatdagi uchrashuvni safarda, Qatarga qarshi o`tkazadi. Mazkur o`yin 6 sentayabr kuni bo`lib o`tadi.

JCh–2018 saralashi. 1-tur

O`zbekiston – Suriya 1:0

Gol: Aleksandr Geynrix (73)

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Otabek Shukurov, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jaev, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Azizbek Haydarov (Sohibov, 67), Server Jeparov, Sardor Rashidov (Geynrix, 55), Eldor Shomurodov, Igor Sergeev.

Suriya: Ibrohim Al Mana, Ahmad al-Salih, Movad al-Ajjon, Omro al-Midani, Nadim Saboq, Umar Xarbin, Mahmud al-Mavas, Abdulrazzoq al-Hussayn, Ala al-Shabli, Hamid Mido, Zohir al-Medani

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!