Yangi Zelandiyada sunami xavfi haqida e`lon qilindi

10:10, 02 sentabr

Yangi Zelandiya sohillarida sodir bo`lgan kuchli zilziladan so`ng sunami xavfi haqida e`lon qilishdi. Bu haqda TASS xabar berdi. Qutqaruvchilar mamlakatning sohil bo`yi tumanlaridan odamlarni evakuasiya qilishmoqda.

1 sentyabr kuni AQSh Geologik xizmati Rixter shkalasi bo`yicha 7,2 balli zilzila haqida xabar berdi.

Er osti ofatning o`chog`i 159 kilometr chuqurlida joylashdi. Shundan so`ng amerikalik seysmologlar tomonidan  5,7 dan 5,3 ballgacha bo`lgan yana beshta zilzila qayd etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!