Baxtiyor Rahmonov yurtboshimizga atab qo`shiq kuyladi (Video)

11:20, 02 sentabr

Xonanda Baxtiyor Rahmonov yurtboshimiz Islom Karimovga atab “Siz bizga keraksiz...” deb nomlangan qo`shiq ijro etdi.

Mazkur qo`shiq internet tarmog`i orqali barchaning qalbidan chuqur joy egalladi.

Vazirlar Mahkamasining bugun ertalab e`lon qilingan Prezidentimiz Islom Karimovning sog`lig`i birdaniga yomonlashgani va shifokorlar vaziyatni o`ta og`ir deb baholashayotgani to`g`risidagi rasmiy xabaridan so`ng mazkur tarona barcha yurtdoshlarimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!