Britaniyalik jarroh mashhurlar yuz tuzilishini umumlashtirib, ideal darajadagi ayol qiyofasini yaratdi

11:39, 02 sentabr

Britaniyalik plastik jarroh mijozlarning talabini inobatga olgan holda, mashhurlar yuz tuzilishini umulashtirib, ideal darajadagi ayol fotoportretini yaratdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ideal darajadagi go`zal ayolning fotorobotini yaratish uchun Londonning Centre for Advanced Facial Cosmetic and Plastic Surgery klinikasida plastik jarroh bo`lib ishlovchi Julian de Silva so`nggi 10 yil mobaynida qabuliga kelgan minglab ayollarning talablarini tahlil qildi. Uning ma`lumot berishicha, aksariyat ayollar burnini gersoginya Ketrin Kembrijskayanikiga (qizligida Keyt Middlton)nikiga o`xshashini istagan. Jarrohning o`zi ham gersoginyaning burni juda chiroyli ekanligini tan oladi.  

Uning mijozlari ko`zlari Kira Naytlinikiga, qoshlari Jennifer Lopesnikiga, lablari Penelopa Krusnikiga o`xshashni istashadi. Bundan tashqari, ayollar muntazam ravishda Anjelina Jolining yonog`ini, Mayli Sayrusning peshanasini, Selena Gomesning iyagini, Sherning jag`ini, Riz Uizerspunning terisini buyurtma qilishgan.  

De Silvaning ta`kidlashicha, ayollarning mashhurlarga o`xshashga intilishining yomon tomoni yo`q. Ularning aynan kimga o`xshashga harakat qilayotganini aniq bilish, plastik jarrohlikning oson o`tkazilishiga, jarrohning ishi engillashishiga sabab bo`lar ekan.

Londonlik vrach anchadan beri ayollar go`zalligi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 2016 yilda kompyuter kartografiyasiga suyangan holda, hamkasblari bilan o`tkazgan sinov natijasida eng ideal darajadagi yuz aktrisa Emberd Xerdga tegishli ekanligini aniqladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!