3 sentyabr kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:48, 02 sentabr

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 sentyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 34-36 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo  o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga etadi. Kechasi 16-21,  kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda 15-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21,  kunduzi 32-37  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.     

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi.  Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 10-15, kunduzi 19-24 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!