Futzal bo`yicha O`zbekiston termasi o`rtoqlik o`yinida Portugaliyaga mag`lub bo`ldi

11:09, 03 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaning Portu shahridagi yig`ini doirasida o`zining birinchi uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.  

Xalqaro o`rtoklik turnirida ishtirokini boshlagan Mendez shogirdlari Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz tarzda boshlangan o`yin ko`plab chiroyli vaziyatlarga boy bo`ldi.

Har ikkala terma jamoa ham raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata olgan bo`lsalarda, aniqlik borasida mezbonlarning natijasi yaxshiroq bo`ldi. Birinchi bo`limda Bruno Koelo va Rikardino tomonidan urilgan gollarga, O`zbekiston Artur Yunusovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo`limda tajribaliroq bo`lgan portugallar Rustam Umarov qo`riqlayotgan darvozani yana 3 bor ishg`ol etishdi va yakuniy natija 5:1 hisobidagi ko`rinishni oldi.

Halqaro o`rtoqlik turniri

Portu, Portugaliya

Portugaliya – O`zbekiston 5:1 (2:1)

Gollar: B. Koelo (5), Rikardino (19), Migel Angelo (22), Djo (31), Tyago (39) – Yunusov (17)

Portugaliya

Darvozabonlar: 1.Bebe, 14.Krishtianu

Futzalchilar: 2.Andre Koelo, 3.Bruno Koelo, 4.Migel Angelo, 5.Fabio Sesilo, 6.Pedro Kari, 8.Djo, 9.Joao Matos, 10.Rikardino (s), 11.Re, 13.Tiago Brito

O`zbekiston

Darvozabonlar: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov;

Futzalchilar: 3.Nodir Eliboev, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 15.Javlon Anorov, 7.Dilshod Raxmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farxod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.Shuxrat Tojiboev, 5.Davron Choriev, 10.Mashrab Odilov, 9.Ilxom Xamroev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!