O`zbekistonning birinchi Prezidenti Samarqandda dafn etildi(Video)

17:17, 03 sentabr

Samarqand shahrining Registon maydonidagi Tilla Qori madrasasida O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga janoza namozi o`qildi. Bu haqda “O`zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturi maxsus sonida ma`lumot berildi.

Marosimda ishtirok etish uchun Islom Karimovning tug`ilib-o`sgan shahriga O`zbekistonning davlat, jamoatchilik va diniy arboblari, xususan Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston prezidentlari, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Gruziya bosh vazirlari, Eron TIV rahbari, BAA davlat vaziri, MDH ijrochi kotibi tashrif buyurdi.

Janoza namozi o`qilganidan so`ng Prezident Islom Karimov musulmonchilik rasm-rusumlariga muvofiq tarzda Shohi Zinda majmuasida dafn etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!