O`zbekiston futzal terma jamoasi Evropa chempioniga yutqazdi

09:21, 04 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi kecha Portugaliyada Ispaniya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi. Uchrashuv Evropaning amaldagi chempioni hisoblangan Ispaniyaning yirik hisobdagi g`alabasi bilan yakuniga etdi – 4:0.

O`FA matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ispanlarga qarshi o`yin O`zbekiston uchun Portugaliyadagi o`quv-yig`inining so`nggi qismi edi. Vakillarimiz delegasiyasi 3 sentyabr kuni Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahriga yo`l oladi va u erda 3 kunlik yig`in o`tkaziladi. Shundan keyin Xose Mariya Mendez shogirdlari Jahon chempionatining final qismida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga uchib ketishadi.

O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O`rtoqlik uchrashuvi

Ispaniya – O`zbekiston 4:0

Gollar: Fernandao (10), Adolfo Fernandes (25), Bebe (34), Lozano (39).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!