Futzal. O`zbekiston terma jamoasi Ispaniyada yig`in o`tkazmoqda

09:09, 05 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni Portugaliyaning Poru shahridagi yig`inini yakunladi. Shu kunning o`zida jamoa Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahriga etib bordi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, navbatdagi o`quv-mashg`ulotlar aynan mana shu erda bo`lib o`tadi. Ispaniyadagi ushbu yig`in 6 sentyabrgacha davom etadi. Shundan so`ng Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoa Madrid orqali Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun Kolumbiya poytaxti – Bogota shahriga uchib ketadi.

Eslatib o`tamiz, futzal bo`yicha Jahon chempionati 10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Kolumbiyada bo`lib o`tadi. Unda Jahonning eng kuchli 24 terma jamoasi ishtirok etadi. Osiyo vise-chempioni – O`zbekiston “A” guruhidan o`rin olgan bo`lib, unga guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Panama terma jamoalari raqib bo`ladi.

 “A” guruhi o`yinlari taqvimi:

10 sentyabr, 18:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr, 4:00)

El Pueblo, Kali shahri

O`ZBEKISTON – Panama

10 sentyabr, 20:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentyabrya, 6:00)

El Pueblo, Kali shahri

Kolumbiya – Portugaliya

13 sentyabr, 18:00 (Toshkent vaqti bilan 14 sentyabr, 4:00)

El Pueblo, Kali shahri

Panama – Portugaliya

13 sentyabr, 20:00 (Toshkent vaqti bilan14 sentyabr, 6:00)

El Pueblo, Kali shahri

Kolumbiya– O`ZBEKISTON

16 sentyabr, 20:00 (Toshkent vaqti bilan17 sentyabr, 6:00)

El Pueblo, Kali shahri

Panama – Kolumbiya

16 sentyabr, 20:00 (Toshkent vaqti bilan17 sentyabr, 6:00)

Ivana de Bedua majmuasi, Medelin shahri

Portugaliya– O`ZBEKISTON

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!