Kubada Islom Karimovning vafoti munosabati bilan motam e`lon qilindi

10:04, 05 sentabr

Kuba Respublikasi davlat kengashi O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda rasman motam e`lon qildi. Bu haqda Kubaning ACN davlat agentligiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Motam 5 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 24:00 ga qadar davom etadi. Motam paytida barcha davlat binolari va harbiy muassasalarda Kuba davlat bayrog`i tushirib qo`yiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!