Toshkentdagi restoranlarda Prezident Islom Karimov xotirasiga osh beriladi

10:14, 05 sentabr

Bugun, 5 sentyabr kuni Toshkent shahridagi bir nechta restoranlarda O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga osh beriladi. Xususan, poytaxtdagi “Yakkasaroy”, “Charog`on”, “Farovon”, “Ummon” “Navro`z” va “Sayohat” restoranlarida bugun soat 11:00 dan 15:00 gacha bepul osh beriladi.     Restoranlar ma`muriyati bilan bog`langanimizda ular bu ma`lumotni tasdiqladi. 

Shuningdek, Samarqand shahridagi “Mo`jiza” restoranida ham xuddi shu vaqtda Prezidentimizni xotirlab, osh ulashiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!