Turkmanistondagi maydon va ko`chalarga Islom Karimov nomi beriladi

10:28, 05 sentabr

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi va nutq so`zladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tom ma`nodagi vatanparvar inson va buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning barcha tashabbuslari xalqaro maydonda qo`llab-quvvatlanganini, Turkmanistonda yoshu qari u kishini chin dildan hurmat qilishini ta`kidladi. Islom Karimov Turkmaniston – O`zbekiston hamkorligini izchil rivojlantirishga katta hissa qo`shganini qayd etib, Turkmanistonda maydon va ko`chalarga Islom Karimov nomi berilishini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!