Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlaridan ta`ziyanomalar kelmoqda.

11:38, 05 sentabr

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta`ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta`ziyanomalarda ushbu qayg`uli damlarda O`zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan, deb xabar bermoqda O`zA.  

Quyidagilar o`z ta`ziyanomalarini yo`llagan: 

BMT Bosh kotibi – Pan Gi Mun 

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti – Barak Obama 

Rossiya Federasiyasi Prezidenti – Vladimir Putin 

Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev 

Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri – Sergey Lavrov 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin 

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri – Li Kesyan 

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Van I 

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboev 

Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi – Nurlan Nigmatulin 

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon 

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboev 

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G`ani 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliev 

Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko 

Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Vladimir Makey 

Ukraina Prezidenti – Pyotr Poroshenko 

Koreya Respublikasi Prezidenti – Pak Kin Xe 

Koreya Respublikasi Bosh vaziri – Xvan Gyo An 

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Yun Byon Se 

Yaponiya Bosh vaziri – Shindzo Abe 

Yaponiya Bosh vaziri rafiqasi – Akie Abe 

Yaponiya Bosh vaziri o`rinbosari, moliya vaziri, parlamentdagi O`zbekiston bilan do`stlik ligasi raisi – Taro Aso 

Yaponiya tashqi ishlar vaziri – Fumio Kisida 

Hindiston Respublikasi Prezidenti – Pranab Mukerji 

Turkiya Respublikasi Prezidenti – Rejep Tayyip Erdo`g`on 

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri – Binali Yildirim 

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti – Mamnun Husayn 

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri – Muhammad Navoz Sharif 

Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy 

Singapur Respublikasi Prezidenti – Toni Tan Keng Yam 

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk 

Belgiyaliklar Qiroli – Filipp 

Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis 

Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Edgars Rinkevichs 

Latviya Respublikasi Seymi Prezidiumi a`zosi – Andrey Klementev 

Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor 

MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev 

Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyati 

KXShT Bosh kotibi – Nikolay Bordyuja 

BMT Taraqqiyot dasturi administratori – Helen Klark 

“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko 

Ispaniya Arxeologlar uyushmasi bosh kotibi – professor Xesus Xil 

Amerika – O`zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm 

Amerika – O`zbekiston savdo palatasi prezidenti – Stiven Naderni 

“Turkiston – Amerika assosiasiyasi” raisi – Abdulla Xo`ja 

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin 

Xalqaro bolalar fondlari assosiasiyasi Prezidenti – Albert Lixanov 

San Pablo universiteti professori (Madrid shahri), Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha ekspert – Antonio Alonso 

Ta`ziyanomalar kelishi davom etmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!