Mark Sukerbergning uyida uning ovoziga bo`ysunuvchi robot paydo bo`ldi

12:53, 05 sentabr

Facebook asoschisi uydagi ishlarni bajarishga ko`maklashuvchi va uning ovoziga itoat etuvchi sun`iy intellekt paydo bo`lganini ma`lum qildi, deb yozadi “Tjournal”.

Mark Sukerberg o`zining yangi ixtirosi haqida Itali poytaxti Rimda so`zlab berdi. Sukerberg mazkur ixtiro bilan 2016 yilning yanvaridan boshlab shug`ullanib kelayotgan edi. Bu ishga uni “Temir odam” filmidagi Toni Stark ismli qahramonning uyini boshqaruvchisi Jarvis nomli robot ilhomlantirdi. 

“Men yaratgan sun`iy intellekt faqatgina mening ovozimga itoat qiladi. U uyimdagi eshiklar, chiroq va isitish tizimini nazorat qiladi. Rafiqam robotning faqat mening ovozimga itoat qilishidan biroz norozi. Hozirda II nomli robot faqat mening ovozimni taniydi. Keyinchalik uni mukammallashtiraman va rafiqam ham uni boshqarishi mumkin”, —deydi Sukerberg.

Facebook asoschisi, shuningdek kompaniya injenerlari bilan birgalikda yuzni tanish mexanizmini ham yaratdi. Mazkur mexanizm tufayli u o`z uyi qulf turgan taqdirda ham kalitsiz kira oladi. 

Sukerberg yaqin o`n yilliklarda robotlar xuddi insonlar singari o`zini tuta boshlashini aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!