Putin va Obama bir soatdan ortiq Suriya va Ukrainani muhokama qilishdi

14:16, 05 sentabr

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama Xitoydagi G20 sammiti doirasida muzokara o`tkazishdi. Ikki davlat rahbarlari uchrashuv haqida yakshanba kuni kelishib olishdi. 

Rossiya tomonidan muzokaralarda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, matbuot-kotibi Dmitriy Peskov hamda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovlar ishtirok etishdi, deya xabar beradi Vesti.ru. AQSh tomonidan esa uchrashuvda bosh kotib Jon Kerri qatnashdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi uchrashuv rejadagidan ham uzoq kechganini ma`lum qildi.

Uchrashuv chog`ida Suriya va eng asosiysi Ukraina muhokama etildi. Shundan so`ng Putin va Obama yuzma-yuz gaplashib olishdi. Uchrashuvning 70 daqiqasida delegasiya a`zolari muzokaralar zalini tark etib prezidentlarni yakkama-yakka qoldirishdi. Bu orada Sergey Lavrov va Jon Kerri ham yakkama-yakka gaplashib olishga ulgurishdi.

Blumberg agentligining ma`lumotlariga ko`ra, diplomatlar bundan oldin ham uchrashishgan, ammo bir kelishuvga kela olishmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!