Bugun Suriyada sodir etilgan teraktlar oqibatida 20 ortiq kishi halok bo`ldi

14:55, 05 sentabr

Suriyada dushanba kuni sodir bo`lgan beshta terakt oqibatida 21 kishi halok bo`ldi, 50 kishi yaralandi, deya xabar beradi mahalliy OAVlar.

SANA milliy agentligi ma`lumotlariga ko`ra, Xaseke shahri shimolida sodir bo`lgan beshinchi teraktning qurbonlari soni besh kishini tashkil qildi, ikki kishi yaralandi.

Qolgan to`rtta teraktda 16 kishi halok bo`lib, 40 dan ortiq odam yaralandi.

Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh bo`yniga olmadi. Suriyada "Islom davlati" va "Jabxat an-Nusra" terrorchilik guruhlari faoliyati yuritadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!