“Real” darvozaboni jarohati sabab La Liganing navbatdagi turini o`tkazib yuboradi

15:40, 05 sentabr

Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas “Osasuna”ga qarshi Ispaniya chempionatining 3-turida maydonga tusha olmaydi.

AS nashrining ma`lumotlariga ko`ra, Kosta-Rika terma jamoasi posboni jarohatidan to`liq forig` bo`lmagan va Zinedin Zidan hamda madridliklar prezidenti Florentino Peres uning sog`lig`i bilan tavakkal qilmaslikni ma`qul topdi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan mavsumda Keylor Navas La Liganing 34 o`yinida maydonga tushib, 28ta gol o`tkazib yuborgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!