O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Ahmedova Islom Karimovni xotirladi

10:10, 06 sentabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Ahmedova O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi va mazkur suratga “Tarixga aylangan unutilmas kunlarim” deya izoh qoldirdi. 

“Otajon, nurli yuzingiz va mehrla boqqan ko`zlaringiz bir umr bizga armon endi..... Bu suratni doim ichimda faxr tuyg`usi bilan quvonib, asrardim....Aziz yurtboshim, siz biz uchun o`lmagansiz , siz doim qalbimizda yashaysiz, sizni hech qachon unutmaymiz! Sizning yorqin xotirangiz abadul-abad qalbimizda yashaydi! Sizning bizga bo`lgan ishonchingizni albatta oqlaymiz va siz orzu qilganday tinchligimizni, aziz Vatanimizni asrab, porlok kelajak uchun kuchimiz boricha harakat qilamiz!!! Oxiratingiz obod bo`lsin”,—deb yozdi xonanda Prezidentni xotirlab.

Ma`lumot uchun, 2010 yilning 7-dekabrida Lola Ahmedova O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`lgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!