Obama uni haqorat qilgan Filippin prezidenti bilan uchrashmaslikka qaror qildi

11:00, 06 sentabr

AQSh prezidenti Barak Obama 6 sentyabr kuni uni haqoratlagan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan uchrashmaydi.

Bu haqda Oq uydagi milliy xavfsizlik kengashi vakili Ned Prays xabar berdi.

«Prezident Obama Filippin prezidenti Duterte bilan ikkitomonlama uchrashuv o`tkazmaydi. Buning o`rniga kunning ikkinchi yarmida u Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe bilan uchrashadi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Duterte Obamani mamlakatda sud qilinmay qatl etilganlar yuzasidan savollar bermaslikka chaqirdi. Filippin prezidenti Oq uy eggasini «itning bolasi» deb atadi va shunga o`xshash haqoratli so`zlarni Laosda bo`lib o`tadigan AQSh-ASEAN (Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi) hamda Sharqiy Osiyo sammitida sammiti doirasida ishlatishga va`da berdi. Duterte OAVlar tomonidan Obama Filippin rahbarining giyohvandlik bilan kurash doirasida 2 ming kishining qatl etilganligi masalasi ko`tarilgan taqdirda qanday javob berilishi haqidagi savoliga shu tarzda javob berishini ma`lum qildi.

Bunga javoban Oq uy prezidenti Filippin rahbarini «yorqin yigit» deb atadi hamda yordamchilariga Laosda u bilan bo`lishi kerak bo`lgan muzokaralarni qayta ko`rib chiqishni buyurdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!