O`zbekiston va Qirg`iziston bosh vazirlari muzokara o`tkazdi

11:52, 06 sentabr

Qirg`iziston Respublikasi bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov 3 sentyabr kuni O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovni dafn etish marosimiga tashrifi doirasida bosh vazir Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg`iziston hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda

Sooronbay Jeenbekov Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o`zbek xalqiga  Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev nomidan ta`ziya izhor etdi va O`zbekistonning mustaqillikka erishishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va xalqaro maydonlarda o`z o`rniga ega bo`lishida Islom Karimovning alohida xizmatlarini e`tirof etdi. 

Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidentiga mamlakat va xalq uchun og`ir kunlarda qo`llab-quvvatlagani uchun va Sooronbay Jeenbekovga Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Bosh vazirlar uchrashuv davomida o`zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbollari, transport infratuzilmasi, qishloq xo`jaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!