OAV xodimlari Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

14:12, 06 sentabr

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Unda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz portreti poyiga gullar qo`yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o`rinbosari O`.Mirzayorov va boshqalar istiqlolimiz asoschisi Islom Karimov tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yo`lida amalga oshirilgan ishlar mangulikka muhrlanib qolishini ta`kidladi. 

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning birinchi kunlaridan ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan rolini oshirish, soha faoliyatining huquqiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kasbining nufuzini kuchaytirish, ijodiy va texnik xodimlarning mehnatini har tomonlama rag`batlantirishga qaratilgan siyosat izchillik bilan amalga oshirildi. 

Islom Karimov jurnalistlarimizning hayotga chuqur kirib borishi, taraqqiyotimiz yo`lida to`siq bo`lib turgan muammolarni dadil ko`tarib chiqish, mavzuga xolisona va haqqoniy yondashish kabi mezonlar matbuotimizning o`zgarmas qoidasi va prinsipi bo`lib qolishi darkorligini uqtirardi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!