Sardor Rashidov: Qatarga qarshi o`yinga yaxshi tayyorlandik

14:40, 06 sentabr

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi turi doirasidagi Qatar – O`zbekiston o`yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayanga jamoa yarim himoyachisi Sardor Rashidov hamrohlik qildi va bo`lajak o`yin haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Bugungi raqibimiz – Qatar terma jamoasini juda yaxshi bilamiz. Ularning imkoniyatlaridan xabardormiz. Qatar – o`yinsaviyasi ancha yuqori jamoa. Texnik tomonda futbolchilar juda mahoratli.

Ammo biz bu o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik, deb o`ylayman va g`alabali seriyamizni davom ettiramiz deb umid qilaman. Ertaga jamoa o`zining eng yaxshi o`yinini ko`rsatishga urinadi”, - deydi O`zbekston milliy terma jamoasi va Qatarning “Al-Jaish” klubi yarim himoyachisi.  

Eslatib o`tamiz, Qatar – O`zbekiston uchrashuvi bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!