Putin O`zbekiston Islom Karimovning siyosatini davom ettirishiga umid qilmoqda

14:47, 06 sentabr

Bugun, 6 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosh vazir Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

“Islom Abdug`anievich Karimov mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga mustahkam asos soldi. Ikki davlat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini qayta tikladi", —deya ta`kidladi Rossiya prezidenti. 

Vladimir Putin o`z nutqida o`zbek xalqi va hukumati Rossiyaga ishonchli do`st sifatida bemalol tayanishi mumkinligini aytib o`tdi. 

“Tabiiyki, Prezident Islom Karimov tomonidan qilingan ishlar davom etishiga umid qilamiz”,—dedi Putin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!