Braziliyalik muxlislar mashg`ulot vaqtida Neymarga hujum qildi (Video)

16:09, 06 sentabr

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi o`yinga tayyorgarlik ko`rayotgan Braziliya terma jamoasining ochiq mashg`ulotlari vaqtida tomoshaga kelgan 15 ming muxlisdan bir guruhi maydonga yugurib chiqdi, deya xabar bermoqda Sports.uz portali. 

Ulardan ikki nafari qo`riqchilarni dog`da qoldirib, terma jamoaning asosiy yulduzi Neymargacha etib kelishga muvaffaq bo`ldi. Ular Neymarni qattiq quchoqlab, uni erga yiqitishdi.

Neymar muxlislarni ko`nglini og`ritishni istamadi va qo`riqchilardan qoidabuzarlarga jismoniy kuch ishlatmaslikni so`radi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!