Filippin prezidenti Obamaga qarata aytgan xaqoratli so`zlaridan afsusda ekanini tan oldi

16:15, 06 sentabr

Filippin rahbari Rodrigo Duterte AQSh prezidenti Barak Obamaga nisbatan aytgan so`zlaridan afsusda ekanligini tan oldi.

Avvalroq Vashington o`zining Filippindagi 2 mingdan ortiq qotillikdan havotirda ekanligini ma`lum qilgach Duterte Obamani «itning bolasi» deb atagan edi.

Filippin prezidenti bunday fikrni Obama mamlakatdagi qotilliklar va noqonuniy giyohvandlik moddalar aylanmasi borasida muzokara qilmoqchi ekanligidan xabar topgach bildirgandi.

Obama shu sababli Filippin prezidenti bilan ASEAN sammitida uchrashishdan bosh tortdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!